Qozog‘istonda reper Navai giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish bo‘yicha ikki oyga qamoqqa olindi

instagram.com/navaib fotosurati

Rossiyalik reper Navai Bakirov (Navai) Qozog‘istonda ikki oy muddatga qamoqqa olindi. Bu haqda Jambil viloyati Politsiya departamentiga tayangan holda Tengrinews.kz xabar berdi.

Artistga nisbatan giyohvand moddalar kontrabandasi va ularni noqonuniy saqlash bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Bakirov 13 oktyabr kuni Qozog‘istonga kirishda «Qorday» chegara postida ushlangan. U mingan avtomobil ko‘zdan kechirilganda, politsiya xodimlari va chegarachilar giyohvand moddani aniqlab, musodara qilgan.

14 oktyabr kuni reperning Ostonada konserti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbir tashkilotchilari «texnik sabablar»ni vaj qilib, konsert bekor qilinganini ma’lum qilishgan.

Ayni paytda Qirg‘izistonda reperning giyohvand moddalar bilan chegaradan qanday o‘tgani aniqlanmoqda. Mamlakat Chegara xizmati uning «Aq-Jol — avtomobil yo‘li» nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tish holatlarini tekshirmoqda. Qozog‘istonda qo‘lga olinishidan bir kun oldin Bakirov Bishkekda konsert bergan edi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati xodimlari tomonidan qoidabuzarliklar aniqlansa, aybdorlar jazolanishini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reperning avtomobilidan 2,5 gramm marixuana topilgan.

Navai Bakirov (Navai) HammAli & Navai dueti ishtirokchisi sifatida, shuningdek, «Pustite menya na tanspol», «Pryatki» va «Devochka-voyna» kabi yakkaxon qo‘shiqlari orqali mashhurlikka erishgan. Artist qozog‘istonlik ijrochilar, jumladan, Jah Khalib bilan ham hamkorlik qilgan.

  • 150 dan ortiq huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlar Yuliya Yemelyanova va Mansur Movlayevni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qarshi bayonotni imzoladilar

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?