Kimligingni unutma

1916 yilgi qo‘zg‘olondan Ukrainadagi urushga qadar

«Bundan yuz yildan ortiq vaqt muqaddam Markaziy Osiyo aholisi o‘zga birovning urushi ehtiyojlari uchun safarbar qilingan edi. 1916 yilda bu qo‘zg‘olon va fojiaga olib kelgan. Bu esa xalqlarimiz xotirasida chuqur iz qoldirgan.

Bugun Markaziy Osiyo fuqarolari yana birovning urushida ishtirok etishga majbur bo‘lmoqda. 2026 yil may oyiga qadar mintaqa mamlakatlari — Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istondan Rossiya armiyasi bilan Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun shartnoma imzolagan 12 919 nafar shaxsning ismi aniqlangan. Haqiqiy raqam bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Nega oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tsa-da, bu tarix takrorlanmoqda? Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari qanday qilib frontga tushib qolmoqda? Asirlikka tushganlar o‘zlari boshdan kechirgan voqealar haqida nimalarni so‘zlab berishmoqda? Nega aynan bugun 1916 yil voqealarini yodda tutish muhim?»

«Kimligingni unutma» nomli hujjatli film mualliflari ayni shu savollarni o‘rtaga tashlaydilar. Film yaqinda Shaman TV YouTube kanalida e’lon qilindi.