150 dan ortiq huquq himoyachilari, jurnalistlar, jamoatchilik va siyosiy arboblar, shuningdek fuqarolik jamiyati tashkilotlari Qozog‘istondan faollarni Rossiyaga ekstraditsiya qilishni to‘xtatish talabi bilan qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bayonotni imzolaganlar «Mansur Movlayev va Yuliya Yemelyanovani ekstraditsiya qilish haqidagi qarordan jiddiy xavotirda ekanliklarini ta’kidlaydilar. Ikkalasi ham kassatsiya shikoyatlarida yutqazgan, ayni paytda Qozog‘iston Respublikasining ularni Rossiyaga ekstraditsiya qilishiga to‘sqinlik qiladigan hech qanday holat mavjud emas.
«Yuliyaga va Mansurga nisbatan jinoiy ta’qib siyosiy motivga ega ekani va ularning muqaddam fuqarolik hamda urushga qarshi faoliyati, jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi muxolifat tashabbuslari bilan hamkorligi bilan bog‘liq ekani haqida jiddiy asoslar mavjud».
Ular Rossiyaga topshirilgan taqdirda siyosiy motivlarga asoslangan jinoiy ta’qib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish va shafqatsiz muomalaga duch kelishining juda yuqori xavfi mavjud. Ularga qo‘shimcha, yanada og‘ir ayblovlar, jumladan, davlatga xiyonat bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilishi mumkinligi alohida tashvish uyg‘otmoqda. «Urushga qarshi pozitsiyasi tufayli faollar va muxolifat siyosatchilariga nisbatan soxta ayblovlarga asoslangan ekstraditsiya so‘rovlaridan foydalanish kabi taktika Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan muntazam qo‘llaniladi», — deyiladi OVD-Info saytida e’lon qilingan bayonotda.
«Shuningdek, Mansurning oilasi ilgari o‘g‘irlab ketilgani va qiynoqlarga duchor qilinganini, uning akasi shafqatsizlarcha zo‘rlanganini, Mansurning o‘zi esa qo‘lga olingan paytda ikki marta o‘z joniga qasd qilishga uringanini ham qayd etamiz. Yuliya Rossiya Federatsiyasida qo‘lga olinganida, u bir necha bor qiynoqqa solingan va hatto hojatxonadan foydalanishiga ham ruxsat berilmagan».
Bayonot mualliflari ta’kidlaydilar: «Qozog‘iston Respublikasi Qiynoqlarga qarshi konvensiya va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt ishtirokchisi hisoblanadi hamda non-refoulement tamoyiliga rioya qilishi shart. Bu tamoyil shaxsni unga nisbatan qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo qo‘llanilishi xavfi mavjud bo‘lgan davlatga topshirishni taqiqlaydi».
Faollar Qozog‘iston hokimiyatini:
• Yuliya Yemelyanova va Mansur Movlayevni ekstraditsiya qilishni zudlik bilan to‘xtatish;
• xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya qilish;
• xavfsiz uchinchi davlatga diplomatik yo‘lak tashkil etishga chaqiradilar.
Ochiq xat mualliflari, shuningdek, xalqaro institutlar vakillarini ushbu vaziyatning rivojini diqqat bilan kuzatishga hamda xalqaro huquq buzilishining ehtimoliy oldini olish uchun mavjud diplomatik va huquqni himoya qilish mexanizmlaridan foydalanishga chaqiradilar.
Bayonotni imzolaganlar orasida huquq himoyachilari Lev Ponomaryov va Oleg Orlov, advokat Karinna Moskalenko, siyosatchi Andrey Pivovarov, huquq himoyachisi Marina Litvinovich, sobiq siyosiy mahbus va Aleksey Navalniyning safdoshi Kseniya Fadeyeva, faol Olga Misik, «Oskar» va BAFTA mukofotlari sovrindori, rejissyor Pavel Talankin, qozog‘istonlik jurnalistlar Raul Uporov va Lukpan Axmedyarov, shuningdek, «Rossiya Urushga qarshi qo‘mitasi», OVD-Info, «Kovcheg», «Perviy otdel» loyihasi, Memorial Italia va boshqa tashkilotlar bor.
-
02 oktyabr02.10Turkmaniston elektron vizalarni joriy qildiMarkaziy Osiyoning eng yopiq mamlakati turistlar uchun ochiladimi? -
22 sentyabr22.09Onlayndagi Afg‘oniston taqdiriToliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi -
21 sentyabr21.09VideoPrezidentga ta’zimMashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi -
16 sentyabr16.09Tonggi tarovat o‘lkasidagi sammitMuhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi? -
09 sentyabr09.09«Hakan va Bilge» Turkistonga yo‘l olmoqdaEndi turkiyalik maktab o‘quvchilari hech qachon «Markaziy Osiyo» atamasini eshitmasligi haqida -
27 avgust27.08Intriga keyinga qoldirildiKuzatuvchilar va ekspertlar — Qozog‘istondagi yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar haqida



