Erdog'on Turkiyaga ko'chib kelayotgan chet elliklar va investorlarni soliqlardan ozod qildi

imtilak.net sayti illyustratsiyasi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog'on mamlakatga doimiy ravishda ko'chib o'tayotgan chet elliklarni 20 yil davomida daromad solig'idan ozod qilish to'g'risidagi qonunni imzoladi. Turkiya qonunchilik bazasiga ko'ra, ushbu imtiyoz, boshqa imtiyozlar bilan birga, 3 iyunь kuni davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan tuzatishlarda mavjud.

Biroq, soliq imtiyozi barcha chet elliklarga emas, balki faqat so'nggi uch yil davomida Turkiyada soliq rezidenti bo'lmaganlarga nisbatan qo'llaniladi.

Shuningdek,

imtiyoz faqat xorijiy manbalardan olingan daromadlarga nisbatan qo'llaniladi. Turkiyada rezident ishlab topgan har qanday daromad soliqqa tortiladi.

20 yillik soliq imtiyozi nafaqat boshqa mamlakatlar vakillariga, balki uzoq vaqt chet elda yashagan va o'z vataniga qaytishga qaror qilgan Turkiya fuqarolariga ham tegishli bo'ladi. Shunday qilib, rasmiylar badavlat shaxslarni mamlakatga ko'chib o'tishga, ko'chmas mulk sotib olishga va Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritisha undashni rejalashtirmoqda.

Yangi qonun shuningdek, kapitalni qaytarish bo'yicha bir qator choralarni joriy etishni ham nazarda tutadi. Ushbu dastur doirasida,

jismoniy va yuridik shaxslar mamlakatga naqd pul, oltin va qimmatli qog'ozlarni olib kirishlari mumkin, bunda faqat 5% dan oshmaydigan minimal soliq to'lanadi

Shu bilan birga, Turkiyada deklaratsiya qilingan tegishli aktivlar yoki mahalliy bank hisob raqamlariga o'tkazilgan mablag'lar soliq tekshiruvidan o'tkazilmaydi.

Shuningdek, kompaniyalar uchun korporativ soliq imtiyozlari joriy etildi. Masalan, Istanbul moliya markazi rezidentiga aylangan korxonalar 20 yil davomida ushbu soliqdan ozod qilinadi. Eksportchilar uchun ham imtiyozlar taqdim etiladi, ular korporativ soliq to'lovlarini kamaytirilgan stavkada to'lashlari mumkin: hozirgi 25% o'rniga kamida 9%.

Turkiya rasmiylari mazkur yangi qoidalar xorijiy investitsiyalar oqimini ko'paytirishi, yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga yordam berishi va mamlakatning global iqtisodiyotdagi mavqeini mustahkamlashiga ishonishadi.

Mutaxassislarning qo'shimcha qilishicha, shunga o'xshash dasturlar boshqa mamlakatlarda, jumladan, Italiya, Portugaliya va Gretsiyada ham ishga tushirilgan. Biroq, u yerdagi soliq imtiyozlari ko'pincha 10-15 yildan oshmaydi. Bundan tashqari, chet elliklar yillik qat'iy soliqni to'lashlari shart. Turkiya qonunchiligida bunday talab yo'q, bu esa mamlakatning investitsiya muhitini yanada jozibador qiladi.