Qirg‘iziston hukumatining o‘lim jazosini tiklash borasidagi tashabbusi inson huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillariga jiddiy tahdid soladigan o‘ta xavfli va regressiv qadamdir.
O‘lim jazosiga qarshi asosiy va rad etib bo‘lmaydigan dalil bu — sud tomonidan hatoga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi xavfidir. Dunyodagi har qanday sud tizimida begunoh shaxsni ayblash xavfi mavjud va o‘lim jazosi bunday xatolarni o‘nglab bo‘lmas holatiga keltiradi.
Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda qatl etilgan har olti kishidan biri begunoh bo‘lib chiqqan va keyinchalik oqlangan.
Hozirning o‘zida o‘z fuqarolari ko‘z o‘ngida «ishonchsizlik» uyg‘otayotgan Qirg‘iziston sud tizimi qanday kafolatlar bera olishi mumkin?
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, o‘lim jazosi nomutanosib ravishda aholining eng zaif qatlamlariga — kambag‘allarga, ozchilik vakillariga va malakali huquqiy himoyadan benasib odamlarga ta’sir qiladi. Rossiyalik huquqshunoslar ogohlantirganidek, «malakali advokatni yollash imkoniyatidan mahrum kam ta’minlangan fuqarolar moratoriy bekor qilinishidan eng ko‘p zarar ko‘radi».
Ko‘plab tadqiqotlar o‘lim jazosi jinoyatning oldini olish uchun yetarli asos bo‘lolmasligini ishonchli tarzda ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilar o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda berilajak og‘ir jazo borasida bosh qotirib o‘tirishmaydi. Kriminologlarning ta’kidlashicha, «jinoyatchi qo‘lga tushishni o‘ylab o‘tirmaydi va buni sodir bo‘lmaydi, deb umid qiladi».
Qirg‘iziston 2010 yili o‘lim jazosini taqiqlovchi va kelajakda uni tiklamaslik majburiyatini olgan xalqaro protokolni ratifikatsiya qilgan. Qatllarga qaytish uning xalqaro majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzishi va inson huquqlarini himoya qilishning sivilizatsiyaviy standartlaridan voz kechishini anglatadi.
O‘lim jazosini qayta tiklash taklifi — turli jazolar samaradorligini oqilona tahlil qilishdan ko‘ra, faqat shov-shuvli jinoyatga nisbatan jamoatchilikning emotsional munosabatiga asoslangan sof populistik choradir. Yuristlar to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «muhokama qilinayotgan masalada his-tuyg‘ularga o‘rin yo‘q» va vaziyatni professional baholash zarur.
Davlat hech qachon, hech qanday holatda, o‘z fuqarolarining jallodiga aylanmasligi kerak. Insonning yashash huquqini buzmagan holda jamiyat himoyasini ta’minlaydigan muqobil, masalan, shartli ozodlikdan mahrum bo‘lgan umrbod qamoq jazosi kabi choralar mavjud.
Qirg‘iziston davlat tomonidan qatl qilishning vahshiy amaliyotiga qaytish o‘rniga, odil sudlov tizimini takomillashtirishi, jinoyatlar oldini olishi va jabrlanganlarni reabilitatsiya qilishga e’tibor qaratishi lozim. Qasos olishga tashnalik asosida qurilgan huquqiy populizm hech qachon xavfsizroq va adolatli jamiyatni yaratishga olib kelmagan.
* * *
Muallif — Daniil Kislov, xalqaro jurnalist, Fergana.News axborot agentligi asoschisi va bosh muharriri
-
02 oktyabr02.10Turkmaniston elektron vizalarni joriy qildiMarkaziy Osiyoning eng yopiq mamlakati turistlar uchun ochiladimi? -
30 sentyabr30.09Finlyandiya, Singapur, CambridgeO‘zbekiston maktab islohotini xorijiy tajribalar asosida qanday shakllantirayotgani haqida -
29 sentyabr29.09Qozog‘iston, ularni berib yuborma!150 dan ortiq huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlar Yuliya Yemelyanova va Mansur Movlayevni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qarshi bayonotni imzoladilar -
24 sentyabr24.09NVIDIA va Huawei o‘rtasidaQozog‘iston sun’iy intellekt poygasida AQSH va Xitoy o‘rtasida qanday muvozanat saqlamoqda -
22 sentyabr22.09Onlayndagi Afg‘oniston taqdiriToliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi -
21 sentyabr21.09VideoPrezidentga ta’zimMashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi



