Qozog‘istonning Ridder shahrida politsiya Shon-sharaf yodgorligidagi Mangu olovda tovuq qovurgan erkakni topdi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.
Organ xodimlari xavfsizlik kameralari tasvirlarini o‘rganib chiqqanlar, guvohlar bilan suhbatlashgan va atrofni o‘rganishgan va shundan so‘ng 31 yoshli mahalliy erkakni hibsga oligan. Uning bunday harakati sababi haqida ma’lumot berilmagan.
Qoidabuzar Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 434-moddasi 4-qismi, ya’ni «Mayda bezorilik» bo‘yicha jamoat joylarini tahqirlaganlikda aybdor deb topildi. Sud erkakni besh kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.
«Tarixiy yodgorliklar va alohida jamoat ahamiyatiga ega obyektlarni tahqirlash ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi», — deb eslatadi viloyat politsiya boshqarmasi.
Ridderlik bir fuqaro 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga o‘rnatilgan Shon-sharaf yodgorligi yonidagi Mangu olovda yotgan tovuq bo‘laklari fotosuratini joylashtirdi. U yodgorlik ahvolidan afsus bildirgan va bu yerda go‘sht pishirgan vandallarni topishni talab qilgan.
Mahalliy kommunal xizmati xodimlari uning iltimosiga darhol javob berishgan. Ular yodgorlik atrofidagi qorni tozalab, yulduzni tez orada kukundan tozalashga va’da berishgan.
2024 yil bahorida Pavlodar shahridagi Shon-sharaf yodgorligining Mangu olov yulduzini mast holda buzib tashlagan hibsga oldi. Yodgorlik 24 soat ichida qayta tiklandi. O‘sha yilning kuzida politsiya Zerenda qishlog‘ida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari yodgorligini tahqirlagan vandalni qo‘lga oldi.



