Hazrati Usmon Qur’oni Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga ko‘chirildi

Hazrati Usmon Qur’oni. «Farg‘ona» fotosurati

Islom dunyosining eng qadimiy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Hazrati Usmon Qur’oni Toshkentdagi O‘zbekiston Islom Sivilizatsiyasi Markazining (ITSM) Qur’on zaliga ko‘chirildi.

Qur’on muzeyga Hazrati Imom majmuasining bir qismi bo‘lgan Mo‘yi Muborak madrasasidan olib kelindi. Hozirda u Islom Sivilizatsiyasi Markazining Qur’on zalida saqlanmoqda. Ko‘rgazma zalning markazida joylashgan. Qadimgi kitob zirhli shisha ostida, harorat va namlikni nazorat qilish kabi barcha zarur choralar ko‘rilgan. Darvoqe, bu yerda yuzdan ortiq boshqa Qur’on kitoblari ham joylashgan.

Bugun, 14 noyabr kuni Qur’on zali «Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: umumiy ma’naviy va ma’rifiy meros — umumiy kelajak» mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida 13 dan 15 noyabrgacha o‘tkaziladi.

ℹ️ Hazrati Usmon Qur’oni yoki kufiyda bitilgan «Samarqand Qur’oni» uchinchi xalifa Usmon qoni sachragan deb ishoniladigan eng qadimgi qo‘lyozma hisoblanadi. U VII asrda yozilgan. 1997 yili YUNESKO qo‘lyozmani «Jahon xotirasi» reyestriga kiritgan.

ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi Xasti-Imom majmuasi yonida qurilmoqda. Inshoot qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. ITSM O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va dunyoning ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikda ajdodlar merosini o‘rganish, idrok etish borasida ma’rifiy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.