Qashkadaryo bestiariysi

Toshkentda Chori Shamsning «Turkiy xalqlarning xayoliy mavjudotlari» ko‘rgazmasi ochildi

4 dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida rassom Chori Shamsning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada bitta texnikada bajarilgan 40 ta — 30x21 sm o‘lcham va kitob yo‘nalishidagi qog‘oz varaqlariga bitilgan akril bo‘yoqlardagi asarlar namoyish etildi. Ularning barchasi yosh o‘zbek yozuvchisi Sherzod Komil Xalilning «Turkiy xalqlarning xayoliy mavjudotlari» ilmiy va badiiy bestiariysi (hayvonlar tasviri-tarj.izohi) uchun yaratilgan illustratsiyalardir.

Rassom Chori Shams ko‘rgazmada. Andrey Kudryashov fotosurati/«Farg‘ona"

Chori Shams (Chorshanbi Shamsiyev) 1970 yili Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. 2003 yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at institutida magistrlik darajasini qo‘lga kiritgan. 2019 yili O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasiga a’zo bo‘lgan.

Rassom bestiariy uchun illustratsiyalarni ibtidoiylikka yaqin va bolalar rasmlarini eslatuvchi o‘ziga xos uslubda yaratgan. Tasviriy uslub mazmunga yaxshi mos keladi, chunki mifologiya va xalq ertaklari inson ongining eng arxaik qatlamlaridan biri bo‘lib, «sivilizatsiya bolaligi» haqida hikoya qiladi.

Shuni ta’kidlash lozim, Islomgacha bo‘lgan turkiy mifologiya yuzlab yillar avvalgidek, tabiat qo‘ynida yashagan va kundalik hayotlarida ko‘plab qadimiy an’analarni saqlab qolgan O‘zbekistonning ulkan mintaqasi bo‘lgan qashqadaryolik rassomlar uchun qiziqish uyg‘otadi. Bir yil oldin «Farg‘ona» kitoblik rassom Elnur Egamov tomonidan mifologiya borasida o‘tkazilgan qiziqarli tajriba haqida xabar bergandi. Biroq, uning asarlarida asosan tangrilik panteonining «yuqori qatlami» — qadimgi turkiylarning osmon xudolari va butlari tasvirlangan. Shu bilan birga, uning vatandoshlarining eng yaxshi namunasi, yozuvchi Sherzod Komil Xalil va rassom Chori Shams ajdodlar ong ostining eng chekka va qorong‘u burchaklarida kezib yurgan boshqa ko‘plab mifologik mavjudotlar haqida hikoya qiladi.

Darhol tanib olinadigan ba’zi personajlar ham mavjud. Masalan, umum turkiy Ko‘q Bo‘ri. Yoki Qozon bayrog‘i va gerbini bezab turgan Zilant ajdaho qushi. Yoki No‘g‘ay dashtlaridan kelgan bahorgi chaqmoq ajdahosi Sazagan. Lekin men shaxsan ilk bor eshitayotgan ko‘plab personajlar ham bor. Masalan, qora-qura — turk folkloridagi qora mushuk qiyofasida uxlayotgan odamning ko‘kragiga o‘tirib, uning nafasini o‘g‘irlaydigan yovuz jin.

Fotogalareya

Ko‘rgazma tashkilotchilari Chori Shams rasmlari va Sherzod Komil Xalil kitobining o‘zi nafaqat turkiy mifologiya muxlislari, balki tarix, madaniyat va san’atni suvuvchi barcha ixlosmandlarda ham katta qiziqish uyg‘otishiga ishonishadi. Menimcha, vizual tasvirlardan tashqari, har bir personajga hech bo‘lmaganda qisqacha annotatsiya qo‘shish yaxshi bo‘lardi.

Ko‘rgazma 14 dekabrgacha davom etadi.

Andrey Kudryashov