Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eronga qilingan hujumlar sababini tushuntirib berdi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig. Videodan kadr

Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gideon Lustig erta emas, kech emas, nega aynan hozir Isroil va AQSh Eronga qarshi harbiy operatsiyalarning faol bosqichiga o‘tganini tushuntirib berdi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar beradi.

Toshkentda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda diplomat O‘zbekiston media makonida asosan operativ xronikalar – «kim qayerda zarba bergani» yoritilayotgani, buning sabablariga oid chuqur tahlillar soyada qolayotganini ta'kidladi.

«Menimcha, barchani o‘ylantirayotgan asosiy savol — bu Yaqin Sharqdagi barcha voqealar nima uchun hozir boshlangani», — dedi Lustig.

Elchi operatsiya vaqtini belgilovchi to‘rtta asosiy omilni aytib o‘tdi:

▪️ Eronning ballistik raketalar ishlab chiqarishni tezlashtirgani;

▪️ harbiy infratuzilmalar chuqur yer osti bunkerlariga o‘tkazilgani;

▪️ uranni 60% gacha boyitish davom ettirilgani;

▪️ xulosa: kelajakda Eron harbiy salohiyatini zararsizlantirish anchagina mushkul bo‘ladi.

Isroil tomoni, Lustigning so‘zlariga ko‘ra, o‘z harakatlarini tajovuzkorlik harakati sifatida emas, balki xavf oldini olish chorasi sifatida ko‘radi. Elchi operatsiya maqsadini ekzistentsial tahdidni — Isroil davlati mavjudligiga tahdidni yo‘q qilish deb ta'rifladi.

Lustigning ta'kidlashicha, joriy operatsiya Isroil va Qo‘shma Shtatlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bo‘lib, ularning hamkorligi harbiy va siyosiy sohada «misli ko‘rilmagan darajada». Shu bilan birga, diplomat ikki ittifoqchi pozitsiyasini farqlaydi.

«Biz Eron tomonidan doimiy tahdid ostidamiz. Eron rahbariyati o‘n yillar davomida Isroilni yo‘q qilish niyatini ochiqchasiga aytib keladi», — deb eslatadi Lustig.

Eron tahdidi tuzilmasi haqida gapirarkan, Lustig Isroil tomoniga ko‘ra, Tehron harbiy strategiyani qurayotgan uchta yo‘nalishni aytib o‘tdi: yadroviy dastur, ballistik raketalar dasturini ishlab chiqish va mintaqadagi qurolli tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash.

Elchi raketa dasturiga alohida e'tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ballistik raketalar faqat vayronkor vositalarni yetkazib berish uchun ishlab chiqiladi va boshqa maqsadga ega emas.

«Ularning maqsadi Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimini ortiqcha yuklash va infratuzilmamizga katta zarba berishdir», — deb tushuntirdi diplomat.

Isroil tomoni hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida Eron uzoq masofali raketalar ishlab chiqarishni sezilarli darajada tezlashtirgan. Shu bilan birga, Eron tomoni harbiy ob'ektlarni chuqur yer osti boshpanalariga faol ko‘chirmoqda.

«O‘tgan yilgi voqealar ularni qurollarini yashirishga o‘rgatdi», — dedi diplomat.

Aynan infratuzillarmani yer osti joylashtirish zudlik bilan harakat qilish foydasiga hal qiluvchi dalillardan biriga aylandi.

«Agar biz hozir chora ko‘rmasak, ular yaqin kelajakda immunitetga ega bo‘lib, ularning imkoniyatlarini yo‘q qilish ancha qiyin bo‘ladigan darajaga yetishi mumkin edi», — deb ta'kidladi Lustig.

Yadro dasturiga kelsak, elchi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) rahbariyatining Eronda katta miqdorda yuqori darajada boyitilgan uran mavjudligi haqidagi bayonotlariga ishora qildi. Lustigning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili ob'ektlarga qilingan hujumlarga qaramay, Tehron yadroviy infratuzilmani rivojlantirishdan voz kechmagan va uranni faol boyitishda davom etgan.

Lyustig shuningdek, qator jahon yetakchilarining mujassamlashgan pozitsiyasini keltirib o‘tdi.

«Bosh vazirimiz Benyamin Netanyaxu, Yevropa yetakchilari va AQSh prezidenti aytganidek, Eron hech qachon yadro quroliga yega bo‘lmasligi kerak», — deya ta'kidladi diplomat.

Diplomat nutqining asosiy tezisini «imkoniyatlar tuynugi» tushunchasi orqali shakllantirdi.

«Bu qiyin qaror edi. Biroq Isroil rahbariyati harakatsizlik yanada jiddiy oqibatlarga olib keladi degan xulosaga keldi. Avvalgi barcha sa'y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu rejim qurol dasturlarini ishlab chiqishda davom etdi. Agar hozir harakat qilmasak, kech bo‘lishi bizga ayon edi», — dedi diplomat.

Shu bilan birga, Lustigning alohida ta'kidlashicha, operatsiya Isroil tomonidan «cheksiz to‘qnashuv» deya ko‘rilmaydi — gap cheksiz harbiy harakat haqida emas, balki aniq maqsad haqida ketmoqda.

ℹ️ 28 fevral kuni Isroil qurolli kuchlari Erondagi harbiy ob'ektlarga hujum qildi. Mamlakat mudofaa vaziri Israelь Kats operatsiyani rasman tasdiqlab, buni xavf oldini olish chorasi deya atadi. Harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Isroil hukumati mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi.

Shu kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp Isroil bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlanganini rasman tasdiqladi. U o‘z maqsadini «mavjud tahdid»ni bartaraf etish va Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish deb atadi.

Isroil-AQSh hamkorlikdagi operatsiyasidan so‘ng Tehron nafaqat Isroil, balki qo‘shni arab davlatlariga ham ta'sir ko‘rsatgan yirik javob hujumini boshladi. 1 mart kuni Eron AQSh va Isroilning zarbalari natijasida mamlakat oliy rahbari Ali Xomanaiy o‘lganini rasman tan oldi.

Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo respublikalari hukumatlari o‘z fuqarolarini u yerdan evakuatsiya qila boshladi.