Turkmaniston Markaziy banki 1 dekabr kuni 200 manatlik banknotаni muomalaga chiqardi, deb xabar beradi TDX.
Yangi banknotа taqdimoti Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 30 yilligiga to‘g‘ri keladi. Banknot polimerdan tayyorlangan. Markaziy bank xabar berishicha, old tomonida Arkadag yodgorligi, orqa tomonida esa Arkadag shahar ma’muriyati binosi tasvirlangan.
1, 5, 10 manatlik modifikatsiyalangan polimer banknotalar ham taqdim etildi. Ushbu banknotalarning rangi va dizayni odatda bir xil, ammo Turkmaniston hukumati 2025 yil uchun belgilagan Xalqaro tinchlik va ishonch yili emblemasi qo‘shilgan.
Bank yangi banknotalarning asosiy xususiyatlari qalbakilashtirishdan yuqori himoya va kirlanish, shikastlanish va boshqa omillar kabi tashqi ta’sirlarga chidamlilikni o‘z ichiga olgani bilan tushuntiradi. Bundan tashqari, xavfsizlik elementlari kuchaytirilgan va banknotalarning haqiqiyligini tasdiqlovchi vizual ko‘rsatkichlar yaxshilangan.
Markaziy bank ta’kidlashicha, 2009, 2012, 2014, 2017 va 2020 yillarda chiqarilgan barcha banknotalar Turkmanistonda qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qolaveradi.
Turkman manatining rasmiy kursi ko‘p yillar davomida bir dollarga 3,5 manatni tashkil etgan. Qora bozor yoki real kurs bo‘yicha bir dollar 19-20 manatni tashkil qiladi.



