Islom sivilizatsiyasi markazi va IRCICA Islom olimlari ensiklopediyasini yaratadi

Firdavs Abduxoliqov (o‘ngda) va Mahmud Erol Qilich. ITSM marbuot xizmati fotosurati

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi (IRSICA) turli davrlarda O‘zbekistonda yashagan islom olimlariga bag‘ishlangan ko‘p jildli ensiklopediya yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda ITSM matbuot xizmati xabar berdi.

Mualliflarni tanlash, ilmiy kengash tuzish va ushbu nashr konsepsiyasini aniqlash bo‘yicha birinchi qo‘shma yig‘ilish yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ensiklopediyani yaratish to‘g‘risidagi qaror Istanbulda ITSM direktori Firdavs Abduxoliqov va IRCICA bosh direktori Mahmud Erol Qilich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qabul qilingan.

IRSICA shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, madaniy va ta’lim tashabbuslari hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan qo‘shma loyihalarga bag‘ishlangan maxsus kitob-albom tayyorlashni taklif qildi.

Tomonlar IRSICA va ITSM o‘rtasidagi samarali va uzoq muddatli hamkorlikni ta’kidlab, uning fan va madaniyat sohasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatiga urg‘u berdilar. Uchrashuvdan so‘ng, Firdavs Abduxoliqov Mahmud Erol Qilichni 2026 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimiga taklif qildi.

ℹ️ IRSISA — 57 mamlakatni birlashtirgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) xalqaro tadqiqot markazi hisoblanadi.

ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi Xasti-Imom majmuasi yonida qurilmoqda. Inshoot qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. ITSM O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va dunyoning ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikda ajdodlar merosini o‘rganish, idrok etish borasida ma’rifiy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.